23:36 23 Aprel 2019
Efir
  • RUB131.53
  • EUR9554.57
  • USD8455.37
Gosudarstvennыy vizit prezidenta Kazaxstana Kasыm-Jormat Tokayeva v Uzbekistan

Siz davlatlararo munosabatlarni yuqori bosqichga olib chiqdingiz – Toqayev

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Siyosat
Havola olish
171 0 0

Mirziyoyev Toqayevga birinchi davlat tashrifini Oʻzbekistonga amalga oshirgani uchun minnatdorlik bildirdi.

TOSHKENT, 15 apr – Sputnik. Koʻksaroy rezidentsiyasida Oʻzbekiston va Qozogʻiston prezidentlarining tor va keng doiradagi uchrashuvlari boʻlib oʻtdi.  

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jomart Toqayevni tashrifi bilan qutlab, davlatlar orasida hamkorlik izchil rivojlanayotganini taʼkidladi.

– Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti sifatida ilk davlat tashrifingizni Oʻzbekistonga amalga oshirganingizni yuqori baholaymiz. Buni mamlakatlarimiz oʻrtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga qatʼiy intilish ifodasi deb bilamiz. Qozogʻiston biz uchun yaqin qoʻshni, strategik sherik. Hamkorligimizning barcha yoʻnalishlari boʻyicha ijobiy dinamikaga erishilayotganidan mamnunmiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qozogʻiston Prezidenti Oʻzbekistonga taklif uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, muzokaralar samarali oʻtishiga ishonishini qayd etdi.

– Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlik sifati va amaliy mazmuni haqidagi gaplaringizga toʻla qoʻshilaman. Siz, hurmatli Shavkat Miromonovich, va Qozogʻistonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev davlatlararo munosabatlarni yuqori bosqichga olib chiqdingiz. Bu surʼatni saqlab qolishni oʻzimning asosiy vazifam deb bilaman. Qozogʻistonda qardosh Oʻzbekiston bilan aloqalarga talab juda katta, – dedi Qosim-Jomart Toqayev.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo, transport, sanoat kooperatsiyasi, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston BMT, SHHT, MDH, Islom hamkorlik tashkiloti, Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi kabi xalqaro tuzilmalar doirasida samarali hamkorlik qilib kelmoqda.

Mintaqada tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, Afgʻonistondagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etishga koʻmaklashish masalalariga ham eʼtibor qaratildi. 

Muloqotda mintaqaviy va xalqaro masalalar boʻyicha tomonlarning pozitsiyalari mos yoki yaqin ekani yana bir bor oʻz tasdigʻini topdi.

Gosudarstvennыy vizit prezidenta Kazaxstana Kasыm-Jormat Tokayeva v Uzbekistan
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev uchrashuvi

Asosiy mavzular