13:53 24 May 2019
Efir
  • RUB131.06
  • EUR9439.00
  • USD8460.92
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s Predsedatelem KNR

Shavkat Mirziyoyev Si Tszinpinni Oʻzbekistonga taklif qildi

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Siyosat
Havola olish
140 0 0

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga tashrifining birinchi kunida Si Tszinpin bilan uchrashdi.

TOSHKENT, 25 apr — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun ertalab Pekinda Xitoy raisi Si Tszinpin bilan uchrashdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Uchrashuvda Xitoy rahbari Shavkat Mirziyoyevni “Bir makon, bir yoʻl” forumiga tashrifi bilan qutlab, Xitoy va Oʻzbekiston hamkorligining bugungi holatini yuksak qadrlashini taʼkidladi.

"Hurmatli Prezident, Siz birinchi forumda ham ishtirok etganingizni mamnuniyat bilan eslayman. Shu maʼnoda, Sizni “Bir makon, bir yoʻl” xalqaro forumi asoschilaridan biri sifatida qabul qilamiz. Oʻzbekistonning forumga eʼtibori va undagi ishtiroki mamlakatlarimiz hamkorligi rivojidan dalolat beradi. Ikki tomonlama koʻplab kelishuvlarga erishilgan va ular izchil amalga oshirilmoqda. Ishonchim komilki, Oʻzbekiston - Xitoy munosabatlarining istiqboli porloq", - dedi Si Tszinpin.

Shavkat Mirziyoyev oʻz navbatida Si Tszinpinni va mamlakat xalqini yaqinlashib kelayotgan muhim sana – Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilganining 70 yilligi bilan muborakbod etdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s Predsedatelem KNR
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s Predsedatelem KNR

Shuningdek, Oʻzbekiston “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusini toʻliq qoʻllab-quvvatlashi va uning keng koʻlamda amalga oshirilishiga amaliy hissa qoʻshishga tayyor ekanini taʼkidladi.

Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev Si Tszinpinni davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga kelishga taklif etdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s Predsedatelem KNR
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s Predsedatelem KNR

Eslatib oʻtamiz, Xitoy – Oʻzbekistonning har tomonlama strategik sherigi va eng yirik savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sheriklaridan biri. Oʻzaro tovar ayirboshlash izchil oʻsmoqda. Oʻtgan yil yakunlariga koʻra uning hajmi 6,4 milliard dollardan, joriy yilning birinchi choragida esa 50 foizga oshgan.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s Predsedatelem KNR
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s Predsedatelem KNR

Asosiy mavzular