15:05 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev

Mirziyoyev Surxondaryo viloyatida toza ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasini tanqid qildi

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Siyosat
Havola olish
351 0 0

Termiz shahrida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

TOSHKENT, 1 may – Sputnik. Termiz shahrida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Prezident matbuot xizmati xabariga koʻra, Shavkat Mirziyoyev foydali qazilmalarga boy, uch martagacha hosil olsa boʻladigan tabiiy sharoitga ega, Surxondaryo viloyati salohiyatining hali oʻndan biri ham ishga solinmaganini qayd etgan.

“Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot mamlakat koʻrsatkichidan 2,3 barobar, xizmat koʻrsatish 2 barobar, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilish 8 barobar kam ekanini koʻrsatib oʻtdi. Viloyatda iqtisodiy faol aholining 10 foizi ishsiz, toza ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasi 54 foiz ekani tanqid qilindi”, - deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, shu kabi masalalarni hal etish, viloyatni har tomonlama rivojlantirish maqsadida 2019-2020 yillar uchun umumiy qiymati 23 trillion 632 milliard soʻm boʻlgan 649 investitsiya loyihasi rejalashtirilgan. Bular doirasida 2,2 milliard dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish, 11 ming 500 ta ish oʻrni yaratish moʻlajallangan.

Mirziyoyev: bunday sifatli koʻmir hech qayerda yoʻq

Bundan tashqari, Surxondaryoning oʻziga xos xususiyatlari va imkoniyatlarini chuqur oʻrgangan holda viloyatni 2030 yilgacha kompleks rivojlantirish boʻyicha kontseptsiya ham ishlab chiqilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Toʻpolang gidroelektr stantsiyasini koʻzdan kechirdi

Xabarda prezident chet eldan investitsiya olib kelib, zamonaviy korxonalar tashkil etish, yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi va mahalliy byudjetlar daromadini koʻpaytirish boʻyicha ustuvor vazifalarni belgilab bergani taʼkidlangan.

Asosiy mavzular