04:16 28 Yanvar 2020
Efir
  • RUB153.89
  • EUR10541.66
  • USD9563.33
Siyosat
Havola olish
32510

Lavrov Toshkentga kelganidan benihoya mamnunligini aytdi va oʻzbekona mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildirdi

TOSHKENT, 2 may - Sputnik. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov 2 may kuni oʻzbekistonlik hamkasbi Abdulaziz Kamilov bilan uchrashuvi chogʻida mehmondoʻst Toshkentga tashrifi taassurotlari va oldinda turgan rejalar haqida oʻrtoqlashdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

"Delegatsiyamiz va shaxsan oʻz nomimdan ertangi koʻpqirrali tadbirda ishtirok etish va ishchi tashrifni amalga oshirish maqsadida mehmondoʻst Toshkentga tashrif uyushtirish taklifi uchun minnatdorlik bildiraman", - dedi u Kamilovga yuzlanar ekan.

Rossiya TIV rahbari, shuningdek, ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona, ishonchga asoslangan, ittifoqdoshlik, strategik sheriklik munosabatlari xarakteristikasini toʻliq qoʻllab-quvvatlashini aytdi.

"Rossiya Federatsiyasi prezidenti V.V. Putinning 2018 yil oktyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasiga uyushtirgan davlat tashrifi davomida bularning barchasi oʻz tasdigʻini topdi. Toshkentda oʻtkazilgan muzokaralar oʻtgan yilda ikkiyoqlama munosabatlarimizning asosiy voqeasiga aylandi. Bu yil ham yetakchilarimizning boʻlgʻusi aloqalari Rossiya-Oʻzbekiston hamkorligining barcha yoʻnalishlarini belgilab beradi. Shuni qayd etmoqchimanki, Rossiya prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi tashqi siyosiy sohadagi yoʻnalishni muvofiqlashtirishda juda ham sermahsul boʻldi. Bunda nafaqat siyosiy sohada, balki iqtisodiy, ayniqsa investitsion sohada hamkorlikni kuchaytirishga erishildi, odamlar oʻrtasidagi aloqalarni chuqurlashtirishga xizmat qiladigan qator mexanizmlar vujudga keldi", - dedi Rossiya TIV yetakchisi.

Lavrovning soʻzlariga koʻra, bugun va ertaga boʻlib oʻtadigan muzokaralar chogʻida Rossiya va Oʻzbekiston TIV vakillari ikki davlat prezidentlari oʻrtasida boʻlgan kelishuvlarni toʻliq hajmda amalga oshirish uchun alohida eʼtibor talab qiladigan yoʻnalishlarni belgilab olishlari kutilmoqda.

Asosiy mavzular