12:08 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Putin: barchamiz birgalikda amalga oshirgan jasoratni boʻlib boʻlmaydi, bu mumkin emas

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy
Siyosat
Havola olish
917 0 0

RF prezidenti Moskvada paradda nutq soʻzladi

TOSHKENT, 9 may - Sputnik. Moskvada Qizil maydonda Gʻalaba paradi Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning nutqi bilan boshlandi.

Shavkat Mirziyoyev otdal dan uvajeniya pamyati predkov
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.

Prezident, Ulugʻ vatan urushidagi harbiy qahramonlik qadri yildan yilga oshib borayotganini taʼkidlab oʻtdi. Putin barchani gʻalaba bayrami bilan tabrikladi. Uning aytishicha, bu kun umumiy gʻurur, motam va Vatan himoyachilariga cheksiz minnatdorlik kunidir.

"Bugun ularning barchalari ulkan gʻalaba supasidadir. Ular bu gʻalaba uchun qon kechdi, mehnat qildi, insoniylikka zid boʻlgan sinovlarni boshdan kechirdi va urush jahannamida bukilmas istehqom boʻlib turdilar", - dedi u.

SSSR va Rossiya tarixida tarixiy jasoratlar namunasi kam emas. Lekin fashizm ustidan qozonilgan gʻalaba hamisha ayro oʻrinda turadi.

Dushmanning hududimizga xoinlarcha amalga oshirgan bosqinidan soʻng yengilishlar, chekinishlar va ogʻir yoʻqotishlar boʻlgan.

Putin shuningdek, front ortida mehnat qilganlarning jasorati haqida ham eslatib oʻtdi. Ularning mashaqqatli mehnati gʻalaba tarixiga zarhal xarflar bilan bitilgan.

Prezident shuningdek, qator davlatlarda Ulugʻ Vatan urushidagi voqealar atayin buzib koʻrsatilayotgani, va oʻz ori va gʻururini unutib, natsizmga xizmat qilganlar bugun kumir darajasiga olib chiqilayotganini aytib oʻtdi. Ular faktlarni buzib koʻrsatib, oʻz farzandlariga yolgʻon gapirishmoqda va oʻz ajdodlariga xoinlik qilmoqdalar.

"Bugun sizlar turli mamlakatlarda hayot kechirmoqdasiz, lekin hammamiz birgalikda amalga oshirgan jasoratni boʻlib boʻlmaydi, bu mumkin emas. Sizlar hamisha bizning ardogʻimizda boʻlasiz, barchamiz uchun yagona boʻlgan gʻalabani hamisha sharaflaymiz", - dedi Putin.

Prezident shuningdek, oʻz fuqarolarini himoya qilish maqsadida mamlakat mudofaa salohiyatini taʼminlash uchun barcha zarur ishlarni amalga oshirishini aytdi. RF shuningdek, ekstremizm va terrorizmga ayovsiz zarba berishga tayyor boʻlganlar bilan ham hamkorlik qilishga ochiq.

Asosiy mavzular