OAV: Pentagon Yaqin Sharqga minglab harbiylarni yubormoqchi

© Sputnik / Vladimir Pirogov / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashie VVS SShA
Voyennoslujashie VVS SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Eron atrofida vaziyat ziddiy tus olgan bir vaqtda Fors qo‘ltig‘ida kamida yettita harbiy kemalarni joyladi va hududga Patriot  zenit-raketa majmuasini yetkazdi.

TOShKENT, 23-may - Sputnik. Pentagon Eron bilan ziddiylashuv fonida Oq Uyga Yaqin Sharqga yana bir necha ming harbiy xizmatchilarni yuborish bo‘yicha rejasini taqdim etadi, deb xabar qildi Fox News o‘z manbasiga tayangan holda.

AP nashri ma’lumotiga ko‘ra, gap o‘ng ming nafar harbiy xizmatchilar haqida bormoqda.

Amerikanskie bronetransporteri - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Eron bilan urush boshlashga tayyor

Fox News manbasi axborotiga ko‘ra, gap shuningdek, Patriot zenit majmuasi batareyalari hamda jangovar kemalarni joylashtirish to‘g‘risida ham bormoqda.

Xabarda aytilishicha, yakuniy qaror qabul qilinmagan, Oq Uy Pentagon rejasini to‘liq yoki qisman tasdiqlashi ham noma’lum.

AQSh Eron atrofida vaziyat ziddiy tus olgan bir vaqtda Fors qo‘ltig‘ida kamida yettita harbiy kemalarni joyladi va hududga Patriot  zenit-raketa majmuasini yetkazdi. Pentagon o‘zining ushbu harakatini "Eronning AQSh kuchlariga qarshi bosqinchilik operatsiyasini o‘tkazishga katta tayyorgarlik olib borayotgani alomatlariga qarshi javob chorasi hamda o‘z manfaatlarini himoya qilayotgani" bilan izohladi.

Tramp Eronga "ulkan kuch" bilan po‘pisa qildi >>>

Amerika prezidenti Donald Tramp sal oldin AQSh Eron bilan urush yuz berishining oldini olishiga umid bildirgan edi. Eron Islom respublikasi oliy yetakchisi Ali Humayni Tehronning Vashington bilan urush olib borish istagi yo‘qligini, ammo Qo‘shma Shtatlarga qarshilik ko‘rsatishda davom etishi haqida bayonot qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0