20:23 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Stanislav Tarasov

Amerika Eronni tiz choʻktirishga urinmoqda – siyosatchi

youtube/REGNUM
Siyosat
Havola olish
719 0 0

Siyosatchi, Yaqin Sharq va Kavkaz mamlakatlari masalalari boʻyicha ekspert Stanislav Tarasov Tehronning Fors koʻrfazi mamlakatlariga oʻzaro hujum qilmaslik toʻgʻrisidagi shartnomani imzolash taklifiga izoh berdi.

Kuni kecha Eron Fors koʻrfazi mamlakatlarini oʻzaro hujum qilmaslik toʻgʻrisidagi shartnomani imzolashga chaqirdi.

Islom Eron respublikasi TIV vaziri Muhammad Javad Zarif AQSH prezidenti Donald Tramp Fors koʻrfaziga 1500 nafar harbiylarni olib kelishini eʼlon qilgandan soʻng ushbu tashabbus bilan chiqdi.

“1500 nafar harbiylar - bu uning yordamida harbiy bosqinchilik qilish mumkin boʻlgan kontingent emas. Qayd etish joizki, bu ramziy ishoradir. Ayonki, amerikaliklarning harbiy tomondan siquvi zaiflashmoqda. Biroq ular boshqa usullar bilan harakat qilishmoqda. Mana 28-may kuni Saudiya Arabistonida Arab mamlakatlari rahbarlarining favqulodda majlisini boʻlib oʻtadi. Ushbu sammitda Eronga qarshi qator sanktsiyalarni kiritish taklif qilinadi. Aynan shu bois Zarif Bogʻdodga tashrif buyurib, “Hujum qilmaslik toʻgʻrisida”gi shartnomani taklif qildi”, - dedi siyosatchi Sputnik radio efiri chogʻida.

Tarasov Bogʻdod va Eron ittifoqdoshlari ushbu gʻoyani qoʻllab-quvvatlashganiga eʼtibor qaratdi. Ammo bu loyihani Yaqin Sharqda yana kim maʼqullashi qorongʻu.

“Ehtimol, Iroq ushbu loyihani ilgari surish yoki Tehron va AQSH oʻrtasidagi munosabatlarni yaxshilashda vositachi sifatida ishtirok etish maqsadida oʻzining diplomatik imkoniyatlaridan foydalanadi”, - deya taxmin qiladi siyosatchi.

Shuningdek, Tarasovning fikriga koʻra, agar Eron va Yaqin Sharq mamlakatlari oʻrtasida oʻzaro hujum qilmaslik toʻgʻrisidagi shartnoma imzolansa – bu Nobel tinchlik mukofotiga arzigulik tarixiy yutuq boʻladi.

Asosiy mavzular