12:11 23 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.92
  • EUR9676.70
  • USD8624.51
Galina Dodon i Igor Dodon na Krasnoy ploщadi v Moskve

Moldova konstitutsion sudi prezident vakolatini bekor qildi  

Foto: Lichnыy arxiv semi I. Dodona
Siyosat
Havola olish
396 0 0

“Otdan tushsam ham egardan tushmayman” – Moldova sobiq bosh vaziri Pavel Filip Konstitutsion sud orqali prezident vakolatini bekor qildi.  

TOSHKENT, 9 iyun – Sputnik. Moldova konstitutsion sudi prezident Igor Dodon vakolatini bosh vazir v.b. Pavel Filipga topshirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.  

“Bu noilojlikdan qoʻyilgan majburiy qadam. Sobiq bosh vazir oʻz nazorati ostida boʻlgan konstitutsion sud vakolatlaridan foydalanib hukumatni oʻz qoʻlida saqlab qolmoqchi. Bunga javoban biz ichki va tashqi kuchlarni oyoqqa turgʻazamiz”, - dedi Igor Dodon ushbu voqeani izohlab.

Eslatib oʻtamiz, Igor Dodon 2016 yilning 23 dekabridan beri Moldovaning qonuniy saylangan prezidenti. Moldova parlamenti esa – sobiq prezident davridan shakllangan edi. Prezident va parlament orasida ikki yildan ortiq davom etgan qarama-qarshilikdan soʻng Dodon yangi parlament saylashga muvaffaq boʻlgan edi.

Parlament saylovlari 24 fevralda boʻlib oʻtgan boʻlsada, yangi hukumat  va bosh vazir faqatgina 8 iyun kuni tasdiqlandi. Rossiya, YEI va AQSH vakillari Molodovadagi ushbu oʻzgarishlarni qoʻllab-quvvatlashgan edi.

Prezident Dodon taklif etgan bosh vazir Mayya Sandu nomzodi bir ovozdan qoʻllab-quvvatlanishiga qaramasdan konstitutsion sud, ushbu qarorni noqonuniy deb eʼlon qildi. Ular aytishicha deputatlar yangi hukumatni 7 iyun yarim tunga qadar tasdiqlashi kerak boʻlgan ekan.

Parlament esa, Konstituttsion sudning ushbu harakatini sobiq bosh vazir tarafdorlarining “hukumatni egallab olish” deb atadi.

Maʼlumot uchun bundan oldin ham Igor Dodonni 5 marotaba vakolatini bekor qilishgan edi. Uning oʻrniga muhim qaror va hujjatlarni parlament spikeri Andrian Kandu imzolagan.

 

 

Asosiy mavzular