19:06 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Flagi stran-uchastnits SHOS

SHHTning navbatdagi sammitida xavfsizlik va rivojlanish – asosiy mavzu boʻladi

AP Photo
Siyosat
Havola olish
SHHT – 2019 (16)
311 0 0

13-14 iyunda Bishkekda boʻlib oʻtadigan SHHT sammitida Xitoy bir necha tashabbus bilan chiqmoqchi.

TOSHKENT, 10 iyun – Sputnik. Xavfsizlik masalasi Bishkekda boʻlib oʻtadigan SHHT sammiti kun tartibining asosiy masalasiga aylanadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Xitoy tashqi ishlari vazirligiga asosan.

“Xavfsizlik va rivojlanish masalalari sammitning eng asosiy masalalaridan biri boʻladi. Shuningdek, soʻnggi yillarda SHHT doirasida amalga oshirilgan hamkorlikni tahlil qilish hamda yaqin kelajakka rejalar tuzish masalalari ham koʻrib chiqiladi”, - dedi Xitoy tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Chjan Xanxuey.

Xitoy diplomatining soʻlariga koʻra, SHHT sammitida Xitoy iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish hamda terrorchilikka qarshi kurash sohasida bir necha tashabbuslar bilan chiqadi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu haftaning 13-14 iyun kunlari Bishkekda SHHTning navbatdagi sammiti boʻlib oʻtadi. Unda SHHT aʼzolari boʻlgan Xitoy, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston prezidentlari ishtirok etadi. Shuningdek Hindiston va Pokiston bosh vazirlari ham ishtirok etadi.

Maʼlumot uchun ayni damda Afgʻoniston, Belorussiya, Eron i Moʻgʻuliston – SHHTda kuzatuvchi, Ozayerbaydjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka – hamkor maqomiga egadir.

Mavzu:
SHHT – 2019 (16)

Asosiy mavzular