03:00 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Kamilov i posol Velikobritanii Kristofer Allan

Komilov Oʻzbekistonda oʻz missiyasini yakunlayotgan Buyuk Britaniya elchisini qabul qildi

Ministerstvo inostrannыx del Respubliki Uzbekistan
Siyosat
Havola olish
116 0 0

Kristofer Allan 2015 yilning kuzida Buyuk Britaniya elchisi etib tayinlangan edi.

TOSHKENT, 10 iyun – Sputnik. 10 iyun kuni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatdagi missiyasini yakunlayotgan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi favqulodda va muxtor elchisi Kristofer Allanni qabul qildi. Bu haqda TIV rahbari Abdulaziz Kamilovning Instagram sahifasida xabar qilingan.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston — Buyuk Britaniya munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi va joriy yilda oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

10−11 iyul kunlari London shahrida oʻtkaziladigan OAV erkinligi boʻyicha Global konferentsiyada Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtirokining amaliy jihatlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv soʻngida vazir Kristofer Allanga uning elchi sifatidagi saʼy-harakatlari va sermahsul faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi.

Elchi oʻz navbatida Oʻzbekiston va TIV rahbariyatiga oʻzining Buyuk Britaniya diplomatik vakolatxonasi rahbari sifatidagi vazifalarini samarali bajarishida koʻrsatilgan koʻmak uchun minnatdorchilik izhor etdi.

Kristofer Allan 2015 yilning kuzida Buyuk Britaniya elchisi etib tayinlangan edi.

Asosiy mavzular