13:31 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Prezident RF V. Putin na sammite SHOS v Kitaye

Shavkat Mirziyoyev SHHT va OHICHK sammitlarida ishtirok etadi

© Sputnik / Mixail Klimentyev
Siyosat
Havola olish
SHHT – 2019 (16)
227 0 0

TOSHKENT, 11 iyun – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-14 iyun kunlari Bishkek shahrida boʻlib oʻtadigan Shanxay hamkorligi tashkiloti hamda 15 iyun kuni Dushanbeda boʻlib oʻtadigan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning sammitlarida ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda przeident matbuot xizmati.

Bishkekda SHHT davlatlari rahbarlari kengashida tashkilot doirasidagi siyosat, iqtisodiyot, xavfsizlik, koʻp qirrali sheriklikni, hududlararo aloqalarni, raqamlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ekologiya, turizm, sport sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarini muhokama qilishadi. Sammit yakunida Bishkek deklaratsiyasi qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning beshinchi sammiti "Xavfsiz va yanada ravnaq topgan mintaqa sari yagona nazar bilan" mavzusi ostida oʻtadi. Uning ishida kengashga aʼzo va kuzatuvchi mamlakatlardan, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlardan 30 dan ziyod delegatsiya ishtirok etishi kutilmoqda.

Xabarda aytilishiga koʻra, Shavkat Mirziyoyev Bishkek va Dushanbeda xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishni ham rejalashtirgan.

Eslatib oʻtamiz, Bishkekdagi SHHT sammitida Rossiya, Xitoy, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Armaniston, Tojikiston, Oʻzbekiston, Pokiston va Hindiston rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda. 

Mavzu:
SHHT – 2019 (16)

Asosiy mavzular