13:49 24 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Premyer-ministr Yaponii Sindzo Abe

Yaponiya Bosh vaziri 31 yil deganda birinchi marta rasmiy tashrif bilan Eronga yoʻl oldi

© Sputnik / Sergey Mamontov
Siyosat
Havola olish
42510

Sindzo Abening aytishicha, uning Yaponiyaga rasmiy safari mintaqada ziddiyatni pasaytirishga yoʻnaltirilgan

TOSHKENT, 12 iyun - Sputnik. Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe chorshanba kuni rasmiy tashrif bilan Tehronga yoʻl oldi, u yerda Eron oliy yetakchisi oyatulloh Ali Humayniy va prezident Hasan Ruhoniy bilan uchrashadi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

"Yaqin Sharqdagi ziddiyat tashvishni keltirib chiqarmoqda. Xalqaro hamjamiyatning ushbu masalaga eʼtiborini hisobga olgan holda, kuchim yetganicha men bu mintaqada tinchlik va barqarorlik rolini ijro etishni istardim. Yaponiya va Eron oʻrtasidagi anʼanaviy doʻstona munosabatlarga tayanib, (mintaqada) ziddiyatni kamaytirish uchun prezident Ruhoniy va oliy yetakchi oyatulloh Xumayniy bilan ochiq fikr almashmoqchiman", - dedi Abe Eronga uchish oldidan NHK telekanaliga bergan intervyusida.

Yapon hukumati rahbarining Eronga rasmiy tashrifi 31 yil muqaddam, 1978 yilda shoh taxtdan agʻdarilmasidan va islom respublikasi tashkil topmasidan oldin amalga oshirilgan.

AQSH Eronga qarshi urush boshlashga tayyor >>>

Kutilishicha, muzokaralarning bosh mavzusi: AQSH yadro kelishuvidan chiqqaniga qaramay, Eronni ushbu kelishuvda qoldirish zarurati haqida boʻladi.

Eron AQSH yadro bitimidan chiqqan sanadan bir yil oʻtib 2019 yil 8 may kuni ushbu shartnomaning ayrim bandlari: xususan, boyitilgan uran va ogʻir suv zaxiralari boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishni toʻxtatishini eʼlon qildi. Tehron oʻzini ushbu cheklovlar bilan bogʻlab qoʻyilgan, deb hisoblamasligini maʼlum qildi.

Eron hukumati koʻrilgan choralar AQSH tomonidan yadro kelishuvi qoidalarining buzilgani hamda Vashingtonning Tehronga qarshi sanktsiyalar kiritgani, shuningdek, bitimning qolgan aʼzolari (Germaniya, Frantsiya, Britaniya, Xitoy va Rossiya)ning vujudga kelgan muammoga yetarli tarzda yecha topa olmagani bilan bogʻliqligiga ishora qilishgan edi.

Eron bu davlatlarga oʻz manfaatlarini taʼminlash uchun 60 kun muhlat bergan va agar ular AQSH harakatlari tufayli vujudga kelgan muammolarga yechim topa olishsa, vaqtincha toʻxtatib qoʻyilgan majburiyatlarini bajarishga qaytishga vaʼda bergan edi.

Asosiy mavzular