08:30 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Siyosat
Havola olish
345 0 0

SHHT sammiti 13-14 iyun kunlari Bishkekda boʻlib oʻtmoqda

TOSHKENT, 14 iyun - Sputnik. AQSH harakatlari Yaqin va Oʻrta Sharq mintaqasidagi barqarorlikka jiddiy xavf solmoqda, deb bayonot qildi Eron prezidenti Hasan Ruhoniy.

"AQSH hukumati oxirgi ikki yil davomida, barcha xalqaro tuzilmalar va qoidalarni buzgan holda, oʻz iqtisodiy, moliyaviy va harbiy imkoniyatlarini ishga solib agressiv yondashuvni hayotga tatbiq etmoqda va bu bilan mintaqadagi va jahondagi barqarorlikka jiddiy xavf solmoqda", - dedi Eron prezidenti SHHT davlat rahbarlari kengashi yigʻinida.

SHHT sammiti 13-14 iyun kunlari Bishkekda boʻlib oʻtmoqda.

SHHT tarkibiga sakkizta davlat kiradi - bular Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston). Moʻgʻuliston, Eron, Afgʻoniston va Belarus kuzatuvchi-davlatlar maqomiga ega. Oltita davlat - Shri-Lanka, Turkiya, Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja va Nepal - muloqot boʻyicha sheriklar hisoblanadi.

Asosiy mavzular