16:13 09 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Vid na Tegeran. Arxivnoye foto

Eron SHHT davlatlariga iqtisodiy imtiyozlar berishga tayyor – Ruhoniy

© Flickr / Kamyar Adl
Siyosat
Havola olish
SHHT – 2019 (16)
585 0 0

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakat hukumati SHHT davlatlariga iqtisodiy faoliyati uchun imtiyozlar berishga tayyorligini taʼkidladi.

TOSHKENT, 14 iyun – Sputnik. SHHT davlat rahbarlarini yigʻilishida Hasan Ruhoniy Tehron SHHT davlatlardan kompaniyalarga iqtisodiy imtiyozlar berishga tayyorligini maʼlum qildi.

“Eron Islom respublikasi hukumati ushbu tashkilot fuqarolar, kompaniya va hukumatlarining iqtisodiy faoliyati uchun barcha imtiyozlarni berishga tayyor”, - dedi Eron yetakchisi.

Bishkekda SHHTga aʼzo davlat rahbarlarining 19-chi yigʻilishi oʻtkazilmoqda.

Forum davomida ishtirokchilar SHHTni holati va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Bu yil yigʻilish raisi Qirgʻiziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov boʻldi.

Sammit yakuni boʻyicha 14 ta hujjat - 13 ta qaror va SHHT Bishkek deklaratsiyasini imzolash rejalashtirilgan. Bundan tashqari, ishtirokchilar OAV, sport, sogʻliqni saqlash va siyosat sohalarida shartnomalar imzolanadi.

Mavzu:
SHHT – 2019 (16)

Asosiy mavzular