02:13 29 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
269 0 0

Dmitriy Medvedev Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan telefon orqali muloqot qildi.

TOSHKENT, 17 iyun – Sputnik. Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Rossiya hukumati matbuot xizmati xabariga koʻra, tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash va muloqot jadvalini muhokama qilishdi.

“Dmitriy Medvedev va Abdulla Aripov shuningdek ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik va hukumatlararo yoʻnalishi boʻyicha boʻlajak muloqot jadvalini muhokama qildi”, - deyilgan xabarda.

Bundan tashqari, hukumat rahbarlari Urganch shahrida 30 may kuni Rossiya va Oʻzbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi Qoʻshma komissiyaning birinchi majlisida erishilgan kelishuvlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi.

Asosiy mavzular