21:41 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Pervыy zamestitel predsedatelya Senata Oliy Majlisa Sadыk Safayev

"Hamma ham unday harakat qilmayapti": Mirziyoyev Sodiq Safoyev faoliyatini eʼtirof etdi

Press-klub
Siyosat
Havola olish
172200

Mirziyoyev Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini koʻtarish, faol tashqi siyosat olib borish sohasida Senatning muhim vazifalari borligini taʼkidlar ekan, bu borada Safoyev tomonidan koʻpgina ishlar amalga oshirilayotganini aytdi

TOSHKENT, 22 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 iyun kuni oʻtkazilgan Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida Senat raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev faoliyatini boshqa senatorlarga oʻrnak qilib koʻrsatdi, deb xabar berdi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Tanzila Narbayeva
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.

Mirziyoyev Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini koʻtarish, faol tashqi siyosat olib borish sohasida Senatning muhim vazifalari borligini taʼkidlar ekan, bu borada Safoyev tomonidan koʻpgina ishlar amalga oshirilayotganini aytdi.

"Katta hayotiy va senatorlik tajribasiga ega Sodiq Safoyev xorijiy davlatlar parlamentlari va xalqaro tashkilotlar bilan koʻpqirrali va samarali hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, mamlakatimizda olib borilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi tub islohotlarning maʼno-mazmunini jahon jamoatchiligiga yetkazishda jonbozlik bilan faoliyat koʻrsatmoqda", - dedi davlat rahbari va hamma ham unday harakat qilmayotganini qoʻshimcha qildi.

Oʻzbekiston prezidenti soʻzlariga koʻra, yuqori palataning xalqaro yoʻnalishda hali toʻla ishga solinmagan imkoniyatlar mavjud va shu bois bundan keyin Senat 30% koʻproq harakat qilishi talab etiladi.

Asosiy mavzular