15:29 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov

Kamilov Bishkekdagi “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” uchrashuvida ishtirok etadi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Siyosat
Havola olish
125 0 0

Oʻzbekiston delegatsiyasining Bishkek shahrida tashrifi dasturidan vazirlar uchrashuvida ishtirok etadigan delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazish rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 4 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2019 yil 7 iyul kuni Bishkek shahrida boʻlib oʻtadigan “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” shaklidagi 15-vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi.

TIV xabarida qayd etilishicha, tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan turli sohalarda mintaqalararo hamkorlik, jumladan, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha yangilangan strategiyasini amalga oshirish doirasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish bilan bogʻliq keng koʻlamli masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda.

Shuningdek, vazirlar xalqaro kun tartibida ayrim masalalar yuzasidan fikr almashadilar.

Oʻzbekiston delegatsiyasining Bishkek shahrida tashrifi dasturidan vazirlar uchrashuvida ishtirok etadigan delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazish rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular