08:24 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

Ekspert: Turkiyaga S-400 yetkazib berilishi – NATO ichiga qoqilgan pona boʻldi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov
Siyosat
Havola olish
1639 0 0

Turkiyaga S-400 yetkazib berish bu NATO ichiga qoqilgan pona va Putinning ulkan gʻalabasi boʻldi – dedi germaniyalik siyosatchi.

TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. S-400 zenit-raketa tizimi ortilgan Rossiya harbiy samolyotlari Turkiyaga birin ketib yetib kela boshladi. Ayni damda yettinchi samolyot Myurtez aviabazasiga kelib qoʻndi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“S-400 tizimining Turkiyaga yetkazib berilishi bu Vladimir Putinning – yirik gʻalabasi boʻldi. Endi Turkiya NATOni ham tark etishi mumkin”, - deb hisoblaydi germaniyalik professor Tomas Yeger Focus Online hujnali sahifalarida.

Yegerning fikriga koʻra, Anqara va Moskvaning ushbu bitimi AQSH va Turkiya munosabatlarini yanada yomonlashtiradi. Agar bu Turkiyaning NATOdan chiqishiga olib kelsa – bu ulkan NATO uchun geosiyosiy  magʻlubiyat boʻladi. Agar Turkiya NATOdan chiqmasa bu alyans ichida oʻzaro ishonchsizlikning oshishiga sabab boʻladi. “Nima boʻlganda ham NATO ichiga pona qoqildi, endi u alyansni yorishni boshlaydi”, - deb hisoblaydi Tomas Yeger.

“Turkiya bilan Rossiya orasida ushbu bitimning tuzilishi oʻzi katta sensatsiya boʻlgan edi. Endi esa bu bitim butun dunyoda Rossiyaga boʻlgan ishonchning oshishiga xizmat qiladi. AQSH Turkiyaga qarshi bosimini kuchaytirishi mumkin. Ushbu vaziyatda eng ozij tomon – Yevropa. U hech narsani hal qila olmaydi”, - deb xulosa qilgan ekspert.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya va Turkiya orasida S-400 zenit raketa tizimini yetkazib berish haqida shartnoma 2017 yilda imzolangan edi. Umumiy qiymati 2,5 milliard dollar boʻlgan ushbu bitim Rossiya tomonidan Turkiyaga 4ta s-400 divizionlarini yetkazib berishni nazarda tutadi. Shartnomaning bir qismi Turkiya mablagʻidan bir qismi Rossiya kreditlari hisobidan amalga oshirilgan.

Asosiy mavzular