Turkmaniston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tavallud ayyomi bilan qutladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV rezidensii Kuksaroy sostoyalas seremoniya ofitsialnoy vstrechi Prezidenta Turkmenistana
V rezidensii Kuksaroy sostoyalas seremoniya ofitsialnoy vstrechi Prezidenta Turkmenistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Suhbat avvalida Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga ravnaq va farovonlik tiladi.

“Davlat rahbarlari qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Ikki tomonlama munosabatlar, xalqaro va mintaqaviy siyosatga doir dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Prezidentimiz Turkmaniston rahbariga samimiy tabrik uchun minnatdorlik bildirib, joriy yil avgust oyining boshida "Avaza" milliy turizm zonasida bo‘lib o‘tadigan birinchi Kaspiy iqtisodiy forumini o‘tkazishda muvaffaqiyat tiladi”,  - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0