07:49 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Siyosat
Havola olish
235 0 0

Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko Minskda Oʻzbekiston milliy sanoat koʻrgazmasi hamda Belarus yuqori texnologiyalar parki bilan tanishadilar.

TOSHKENT, 29 iyul - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 2019 yil 31 iyul – 1 avgust kunlari rasmiy tashrif bilan Belarusda boʻladi.

Oliy darajadagi Oʻzbekiston-Belarus muloqotining davomi sifatida Minsk shahrida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning holati va istiqbollarini, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Prezidentlar Minskda Oʻzbekiston milliy sanoat koʻrgazmasi va Belarus yuqori texnologiyalar parki bilan tanishadilar.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti imzolanishi hamda Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi koʻp qirrali sheriklikni, jumladan, investitsiyalar, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik kooperatsiya sohalarida hamkorlikni kengaytirishga, hududlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oʻrnatishga mustahkam asos yaratadigan salmoqli hujjatlar toʻplami qabul qilinishi kutilmoqda.

Maʼlumot uchun, Belarus Respublikasi Oʻzbekistonning yirik hamkorlaridan biridir. Ikki mamlakat orasida savdo aylanmasi 100 million dollar atrofida. Oʻzbekiston Belarusdan ogʻir karyer mashinalari, qurilish materiallari, kartoshka import qiladi. Belarusga esa Oʻzbekistondan paxta xom-ashyosi, kiyim kechak, trikotaj gazlamalar, meva-sabzavotlar va quruq mevalar eksport qilinadi.

Asosiy mavzular