13:49 26 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Siyosat
Havola olish
307 0 0

Norasmiy uchrashuv Mirziyoyev Lukashenkoga oʻtgan yili Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida sovgʻa qilgan oʻyma naqshli shiyponchada oʻtkazildi.

TOSHKENT, 1 avg – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev va  Aleksandr Lukashenko norasmiy uchrashuvni uning “Zaslavl” davlat qarorgohida oʻtkazildi, deb xabar qildi Belarus prezidenti matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, davlat rahbarlari qarorgoh hududini sayr qildi, soʻng sovgʻalar almashdi.

Aleksandr Lukashenko i Shavkat Mirziyoyev na fone reznoy besedki v rezidentsii Zaslavl
Aleksandr Lukashenko i Shavkat Mirziyoyev na fone reznoy besedki v rezidentsii "Zaslavl"

Lukashenko oʻzbekistonlik hamkasbiga “Belarus” pannosi va milliy koʻylak, uning kichik oʻgʻli Nikolay esa zubr haykalchasini taqdim etdi.

Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidentiga xokkeychi haykalchasini sovgʻa qildi.

Prezidentlar norasmiy sharoitda suhbat qurdi. Buning uchun joy sifatida Shavkat Mirziyoyev Lukashenkoga oʻtgan yili Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida sovgʻa qilgan oʻyma naqshli shiyponcha tanlandi.

Asosiy mavzular