13:03 26 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Siyosat
Havola olish
121 0 0

AQShda bir sutka ichida uchta otishma roʻy berdi va kamida 30 kishi hayotdan koʻz yumdi.

TOSHKENT, 5 avg - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidentiga hamdardlik bildirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev El-Paso, Deyton va Chikago shaharlarida roʻy bergan fojeali voqealarda koʻplab insonlar halok boʻlgani va jabrlangani munosabati bilan AQSH prezidenti Donald Trampga samimiy hamdardlik bildirgan.

Eslatib oʻtamiz, 4 avgust kuni Texas shtatining El-Paso shahridagi Walmart savdo majmuasida sodir boʻlgan otishmada 20 kishi oʻldirilgan va 26 kishi yaralangan edi. Keyinroq AQShning Ogayo shtatidagi Deyton shahrida otishma roʻy berdi. Otishma oqibatida 9 kishi qurbon boʻlgan va 16 kishi jarohatlangan. Uchinchi holat Chikagoda kuzatildi. Nomaʼlum shaxs oʻz mashinasi ichidan turib bolalar maydonchasiga qarata oʻq uzishi oqibatida 7 kishi yaralangan.

Asosiy mavzular