15:15 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Mirziyoyev: vpervыe vыxoju s press-konferentsii s ordenom

Atambayev qoʻlga olingach, Mirziyoyev Jeenbekovga qoʻngʻiroq qildi: gap nima haqda bordi?

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Siyosat
Havola olish
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (30)
4078 0 0

Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev qirgʻizistonlik hamkasbi Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali suhbatlashdi. Prezidentlar ikkiyoqlama hamkorlik masalalari, shuningdek, Atambayevning qoʻlga olinishi bilan bogʻliq vaziyatni muhokama qildilar

TOSHKENT, 9 avg - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 avgust kunining oxirida Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar berdi prezident matbuot-xizmati.

Davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar. Muloqotda Qirgʻizistonda tinchlik va barqarorlikni saqlash muhim ekani alohida qayd etildi. Mirziyoyev qoʻshni mamlakatdagi vaziyat amaldagi qonunchilik doirasida tez orada barqarorlashishiga umid bildirildi.

Tomonlar shuningdek Oʻzbekiston-Qirgʻiziston Davlat chegarasini huquqiy jihatdan rasmiylashtirish masalalari boʻyicha yaqindan hamkorlik qilish hamda Chegarada ishonch choralari toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq uning xavfsizligini mustahkamlash zarurligini taʼkidladilar, keng koʻlamli hamkorlikni yanada faol rivojlantirish, doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash borasidagi intilishi qatʼiy ekanini tasdiqladilar.

Qirgʻizistonda mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning qoʻlga olingach, mana ikki kun davomida ziddiy holat saqlanib turmoqda. 7 avgust kuni kechqurun respublika GNKB spetsnazi sobiq prezidentning Koy-Tash posyolkasidagi qarorgohini shturm qilishga harakat qildi, ammo operatsiya boy berildi. Atambayevning tarafdorlari nafaqat shturmga qarshilik koʻrsata olishdi, balki bir necha spetsnazlarni asir olishga ham muvaffaq boʻldilar.

Ertasi kuni, yaʼni 8 avgust sanasida Qirgʻiziston parlamentining favqulodda yigʻilishi boʻlib oʻtdi va unda kuch tuzilmalari harakatiga huquqiy baho berildi, shuningdek, sobiq davlat rahbari va qurol yordamida qarshilik koʻrsatgan uning tarafdorlariga qarshi ayblovlar ilgari surildi. Qarorgohi ikkinchi marta shturm qilingach, Atambayev hukumatga taslim boʻldi va ayni vaqtda Qirgʻiziston GNKB tergov qoʻmitasida saqlanmoqda. Sobiq prezident tarafdorlari Bishkek markazida miting uyushtirishga harakat qildilar, ammo tartibni saqlash kuchlari tomonidan ushbu noqonuniy aktsiyaning oldi olindi.

Atambayev qarorgohi oldida politsiyachilar bilan yuz bergan toʻqnashuv davomida umumiy hisobda 90 ga yaqin kishi jabrlandi. Spetsnaz qoʻshinlaridan biri oʻq bilan yaralanishi oqibatida halok boʻldi.

Ilgariroq, Oʻzbekiston DXX matbuot-xizmati oʻzbek-qirgʻiz chegarasida holat stabil ekanligi, oʻtkazuv punktlari va chegara chizigʻida ishlar belgilangan tartibda ketayotganini maʼlum qilgan edi.

Mamlakatdagi murakkab holatga qaramay, Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yigʻilishi Cholpon-Ota shahrida oʻtkaziladigan boʻldi. Ushbu uchrashuvda ishtirok etish uchun Bishkekka yetib kelgan RF bosh vaziri Dmitriy Medvedev Rossiya ushbu holatni diqqat bilan kuzatib borayotganini aytgan va mojaro qonuniy yoʻl bilan hal etilishiga umid bildirgan edi.

Mavzu:
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (30)

Asosiy mavzular