23:19 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Politolog Arzu Nagiyev

Siyosatchi: AQSH Eron Rossiya bilan hamkorlik qilishini xohlamaydi

Sputnik / Murad Orujov
Siyosat
Havola olish
387 0 0

AQSH prezidenti Donald Tramp Eron AQSH bilan yangi bitim tuzishni xohlayotganini maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, kiritilgan sanktsiyalar Eron iqtisodiyotiga katta zarar yetkazmoqda.

Agar Yaponiya AQSH va Eron oʻrtasidagi muloqotda vositachilik qilsa, bu har ikki tomonga foyda keltiradi, dedi siyosatchi Arzu Nagiyev Sputnik Ozarbayjonga bergan intervyusida.

“Yaqinda Yaponiya AQSH va Eron oʻrtasida vositachi boʻlishi mumkinligini maʼlum qildi. Mening fikrimcha, mazkur vositachilik Eronga ham, AQShga ham foydali”, - deya hisoblaydi siyosatchi.

Nagiyev Rossiya va Eron oʻrtasida yadro loyihalari borasida hamkorlik shartnomasi mavjudligiga eʼtiborini qaratdi.

Amerika Eronni tiz choʻktirishga urinmoqda – siyosatchi

“Bu yerda AQSH Rossiyadan oʻzib ketishni va Eron keyinchalik Rossiya bilan hamkorlik qilmasligi uchun shu tariqa unga taʼsir oʻtkazishni xohlaydi”, - deya qayd etdi Nagiyev.

Asosiy mavzular