18:11 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Siyosat
Havola olish
93 0 0

Abdulaziz Kamilov Pekin shahrida Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi.

TOSHKENT, 20 avg – Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Pekin shahrida xitoylik hamkasbi Van I bilan uchrashdi.

TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki tomon kun tartibi, ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolarga tegishli qator dolzarb masalalarni muhokama qildilar.

Xabarda Janubiy Xitoyning siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, taʼlim va madaniy markazi boʻlgan Guanchjou shahrida Oʻzbekiston bosh konsulxonasini ochish taklifi muhokama qilingani qayd etildi.

Vazirlar bosh vazir Abdulla Aripovning Xitoyga va Davlat kengashi Bosh vaziri Li Ketsyanning Oʻzbekistonga boʻlajak rasmiy tashriflarining kun tartibi va dasturini amaliy jihatdan koʻrib chiqdilar.

Shuningdek, uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston va Xitoy strategik sherikligini mustahkamlash bilan bogʻliq boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Asosiy mavzular