18:59 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Siyosat
Havola olish
15410

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandga uchib ketdi.

TOSHKENT, 26 avg – Sputnik. Oʻzbekiston  prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandga uchib ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Mirziyoyev “Sharq taronalari”  oʻn ikkinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

"Sharq taronalari" XII xalqaro musiqiy festivaliga ishtirok etish uchun 78 davlatdan 315 nafar xorijiy mehmonlar, dipkorpus vakillari va ularga hamrohlik qiluvchi vazirlik idoralari vakillari tashrif buyurishi kutilmoqda

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 26-30 avgust kunlari Samarqand shahrida “Sharq taronalari” oʻn ikkinchi xalqaro musiqa festivali oʻtkaziladi. Festivaliga bu yil 33 davlat vakillaridan iborat 29 musiqiy jamoa, jami 146 nafar xonanda va sozandalar ishtirok etadi. 

Asosiy mavzular