16:41 21 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko

Lukashenko AQSH bilan munosabatlarni "oq qogʻozdan" boshlash haqida ogʻiz ochdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy
Siyosat
Havola olish
316 0 0

Lukashenkoning soʻzlariga koʻra, mamlakatlar oʻrtasida, munosabatlarni "perezagruzka" qilish uchun zarur boʻlgan "maʼlum tarix" mavjud.

TOSHKENT, 29 avg - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko payshanba kuni AQSH prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jon Bolton bilan uchrashuvda Minsk Vashington bilan aloqalarni "oq varaqdan boshlashni xohlashi" haqida soʻzladi. RIA Novosti xabari asosida.

Bu Lukashenko va Boltonning birinchi uchrashuvidir. Ilgariroq Foreign Policy nashri Bolton ushbu asrda Belarusga qadam ranjida qiladigan AQSH hukumatining eng yuqori mansabdori boʻlishi xabar qilingan edi.

"Sizning tashrifingiz atrofida koʻtarilgan barcha shov-shuvlarga qaramay, bunda ijobiy tomoni koʻp, ayniqsa, Belarus uchun. Ijobiy tomoni shundaki, bunda hech kim bizga taʼna qilolmaydi... biz AQSH bilan munosabatlarimiz yomonlashgan vaqtdan boshlab bu sahifani yopishni va hammasini toza varaqdan boshlashni muntazam taklif qilib kelganmiz", - dedi Lukashenko payshanba kuni Minskda oʻtkazilgan uchrashuvda.

Lukashenkoning soʻzlariga koʻra, mamlakatlar oʻrtasida munosabatlarni "perezagruzka" qilish uchun zarur boʻlgan "maʼlum tarix" mavjud.

Lukashenko Bolton tashrifiga "tarixiy" deya taʼrif berdi, shu bilan birga bunga qadar ham mamlakatda AQShlik ekspert va mutaxassislar koʻplab boʻlishganini, oʻzi ularni shaxsan qabul qilganini eslatib oʻtdi.

"Lekin bunday oliy martabali shaxslar Belarusda hali boʻlishmagan. Tashrif tarixiyligi ham aynan shunda", - dedi belaruslik yetakchi.

U Boltonga "munosabatlardagi barcha masalalarni ochiq, va hatto doʻstona muhokama qilishni, garchi ular (masalalar) Belarus uchun yoqimsiz boʻlsa-da, ammo belgilab olinishi zarurligini" taklif etdi. "Men ham Sizning guvohligingizda ochiq va toʻgʻrilik bilan kelgusi hamkorligimiz boʻyicha muhim oʻrin kasb etadi, deb biladigan, ehtimol, AQSH uchun unchalik xush kelmaydigan masalalarni belgilab olaman. Bu bizga mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarda bizga asos yaratish imkonini beradi", - deya davom etgan Lukashenko.

Oʻz navbatida Bolton ushbu uchrashuv "mintaqaviy xavfsizlik boʻyicha bir nechta muhim mavzularda, shuningdek, ikkiyoqlama hamkorlikning muhim mavzusi boʻyicha  muloqot qilish uchun yaxshi imkoniyat ekanligini" taʼkidlab oʻtdi.

"AQShni juda qiziqtiradigan bir nechta savollar bor: inson huquqlari va qurolni ommalashtirmaslik masalalari. Va, men Sizning, bu mavzularda imkon qadar ochiq boʻlishimiz kerak, degan gapingizni maʼqullayman. Va, oʻylaymanki, biz siz bilan bu borada til topisha olamiz", - deb aytgan AQSH prezidenti maslahatchisi. U shuningdek, "tarix joyida turmasligini: Sovet Ittifoqi barham topgan vaqtdan buyon ancha vaqt oʻtganini, geosiyosiy vaziyat oʻzgarganini", taʼkidlab oʻtdi.

"Region chegarasidan tashqarida boʻlgan va bu yerdagi vaziyatga taʼsir oʻtkazishi mumkin boʻlgan mamlakatlar bilan ham bogʻliq masalalar bor, ularni ham muhokama qilishni istardim", - deb qoʻshimcha qildi Bolton.

Soʻnggi vaqtlarda, Minskning Ukraina sharqidagi mojaroni bartaraf etishdagi roli fonida Belarusning Gʻarb bilan munosabatlari ancha yaxshilandi. Yevropa Ittifoqi shu vaqtgacha, 20 yilcha vaqt oraligʻida Gʻarb tomonidan siyosiy va iqtisodiy bosim ostida boʻlgan Belarusdan deyarli barcha sanktsiyalarni olib tashladi, bir nechta cheklov choralari qoldi, xolos. Bundan tashqari, Belarusning AQSH bilan ham munosabatlarida yaxshilanish koʻzga tashlanmoqda. AQSH Belarusning qator kompaniyalariga qarshi eʼlon qilingan sanktsiyalarni toʻxtatdi.

Asosiy mavzular