15:56 21 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Premyer-ministr RF D. Medvedev vstretilsya s premyer-ministrom Uzbekistana

Dmitriy Medvedev Abdulla Aripovni tabrikladi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov
Siyosat
Havola olish
9301

Medvedev Aripovni Mustaqillik kuni bilan tabriklab, Rossiya va Oʻzbekiston munosabatlari ildam rivojlanib borayotganini qayd etdi.

TOSHKENT, 2 sen – Sputnik. Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev oʻzbekistonlik hamkasabasi Abdulla Aripovni  Mustaqillik kuni bilan tabrikladi, RIA Novosti xabariga asosan. 

Oʻz tabrigida Medvedev Rossiya va Oʻzbekiston munosabatlarining keng koʻlami va ildam rivojlanib borayotganini qayd etdi.

“Rossiya va Oʻzbekistonning doʻstona va hamkorlik munosabatlari  turli yoʻnalishlar boʻyicha ildam rivojlanib bormoqda. Ayniqsa savdo-iqtisodiy hamda investitsion munosabatlar energetika, sanoat, infratuzilma, qishloq xoʻjaligi, fan va madaniyatda yirik loyihalarni hayotga tadbiq etmoqda”, - deyilgan Medvedev tabriknomasida.

Undan tashqari, Medvedev ikki davlat hukumatlararo komissiyasining faoliyati amaliy hamkorlikning rivojlanishi hamda yangi istiqbolli loyihalarni boshlash uchun qulay sharoit yaratishiga ishonch bildirdi.

Asosiy mavzular