00:05 13 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Siyosat
Havola olish
117 0 0

Uchrashuvda oʻzaro savdo hajmlarini oshirish va qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

TOSHKENT, 13 sen – Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Frantsiya Respublikasi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Izabel Servoz-Galluchchini qabul qildi. Bu haqda TIV xabar qildi.

Vazir ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib, elchini tayinlov bilan qutlagan va unga omad tilagan.

Boʻlib oʻtgan suhbatda koʻp qirrali Oʻzbekiston – Frantsiya muloqotini sifat jihatdan yangi darajaga koʻtargan 2018 yilda Frantsiyaga rasmiy tashrif doirasidagi prezident Shavkat Mirziyoyevning prezident Emmanuel Makron bilan olib borgan muzokaralari chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga muhim eʼtibor qaratildi.

Siyosat, iqtisod, turizm, madaniyat va taʼlim kabi sohalardagi oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan tomonlarning manfaatdorligi tasdiqlandi.

Uchrashuvda oʻzaro savdo hajmlarini oshirish va qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish nuqtai nazaridan mintaqaviy xavfsizlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Asosiy mavzular