13:40 09 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Siyosat
Havola olish
97320

Oʻzbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov “Markaz – 2019” harbiy mashgʻulotini kuzatish uchun Orenburgga yetib keldi

TOSHKENT, 20 sen – Sputnik. 19 sentyabr kuni Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov “Markaz – 2019” strategik qoʻmondonlik-shtab oʻquvlarini kuzatish uchun Rossiya Federatsiyasining Orenburg shahriga yetib keldi.

Mudofaa vazirligi xabariga koʻra, Oʻzbekiston mudofaa vazirligi harbiy samolyoti Orenburg shahridagi harbiy aerodromga kecha kechqurun qoʻngan. Mehmonni Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondonligi kutib olgan.

Ministr oboronы Uzbekistana general-mayor Baxodir Kurbanov pribыl v Orenburg dlya nablyudeniya voyennыx ucheniy «Tsentr – 2019»
© Ministerstvo oboronы Uzbekistana.
Ministr oboronы Uzbekistana general-mayor Baxodir Kurbanov pribыl v Orenburg dlya nablyudeniya voyennыx ucheniy «Tsentr – 2019»

Bu yilgi “Markaz – 2019” strategik qoʻmondonlik-shtab oʻquvlarida Oʻzbekiston harbiy kontingenti ham ishtirok etmoqda. Ushbu mashgʻulotda Markaziy Osiyo mintaqasida xalqaro terrorizmga qarshi kurashish vazifalarini hamkorlikda bajarish boʻyicha kompleks mashqlar amalga oshiriladi. Unda Oʻzbekiston vakillari Tojikiston harbiylari bilan birgalikda shartli ravishda oʻz milliy hududlarida harakat qiladi.

Kuch – birlikda: “Markaz – 2019” xalqaro harbiy oʻquv mashgʻulotlariga start berildi

Eslatib oʻtamiz, harbiy mashgʻulotlarning asosiy qismi 20 sentyabr kuni Orenburg viloyatidagi “Donguz” poligonida oʻtkaziladi.

Asosiy mavzular