05:37 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Siyosat
Havola olish
76410

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu “Markaz – 2019” strategik qoʻmondonlik-shtab oʻquvlari ishtirokchilarini taqdirladi. Uch nafar oʻzbekistonlik harbiylar ham mukofotga loyiq deb topildi.

TOSHKENT, 20 sen — Sputnik. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu “Markaz – 2019” strategik qoʻmondonlik-shtab oʻquvlari ishtirokchilarini taqdirladi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qildi.

Podpolkovnik Marat Zaripov, serjant Gʻayratjon Donayev va oddiy askar Nurbek Ismoilov "Za ukrepleniye boyevogo sodrujestva" medali bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Pokiston va Hindiston harbiylari ham medal bilan taqdirlandi.

Bahodir Qurbonov samolyoti Orenburgdagi harbiy aerodromga qoʻndi

Bu yilgi “Markaz – 2019” strategik qoʻmondonlik-shtab oʻquvlarida Oʻzbekiston harbiy kontingenti ham ishtirok etmoqda. Ushbu mashgʻulotda Markaziy Osiyo mintaqasida xalqaro terrorizmga qarshi kurashish vazifalarini hamkorlikda bajarish boʻyicha kompleks mashqlar amalga oshiriladi. Unda Oʻzbekiston vakillari Tojikiston harbiylari bilan birgalikda shartli ravishda oʻz milliy hududlarida harakat qiladi.

Asosiy mavzular