11:47 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Podpisaniye dokumentov

Oʻzbekiston qanday xalqaro shartnomalarga qoʻshilganligi aniqlandi

© Sputnik/Viktor Tolochko
Siyosat
Havola olish
330 0 0

Oʻzbekiston Prezidenti baravariga ikkita xalqaro shartnomani tasdiqladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar qiladi.

TOSHKENT, 7 okt - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev kuni-kecha ikkita xalqaro shartnomani tasdiqladi, xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Xususan, MDH aʼzolari bilan intellektual mulk obʼyektlariga huquqni himoya qilish sohasida bojxona organlarining oʻzaro munosabatlari toʻgʻrisidagi hujjat qabul qilindi. U joriy yil 31 may kuni Ashhobodda boʻlib oʻtgan MDH aʼzo-davlatlari hukumat rahbarlari kengashi yigʻilishida imzolangandi.

Mazkur shartnomaning respublikada joriy etilishida vakolatli organ etib Oʻzbekiston Davlat Bojxona qoʻmitasi belgilandi. Shartnoma MDH mamlakatlari bojxona xizmatlariga kontrafakt mahsulotlarni aniqlashda oʻzaro axborot almashinuviga asos va koʻmak boʻlib xizmat qiladi. Bu, oʻz navbatida, qayd etilgan turdagi mahsulotlarning aylanmasiga samarali tarzda qarshi kurashishga imkon yaratadi.

Shartnoma Hamdoʻstlik hududidagi oʻzaro savdo tizimida intellektual mulk obʼyektlariga boʻlgan huquqlarni yuqori darajadagi himoyalanishini taʼminlaydi. 

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi va Belarus hukumatlari oʻrtasidagi mintaqalararo hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma ham tasdiqlandi.

Asosiy mavzular