TOSHKENT, 8 okt – Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.
Jahongir Aminov Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasining Xorijiy investitsiyalar va moliyaviy-texnik koʻmaklashishga qaratilgan mablagʻlarni jalb etish boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
Taʼkidlanishicha, u bunga qadar MDH mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boʻlim boshligʻi lavomida faoliyat yuritgan.