14:46 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev na zasedanii Soveta glav gosudarstv Sodrujestva Nezavisimыx Gosudarstv (SNG).

Mirziyoyev Oʻzbekistonning MDHda raisligi davridagi toʻrtta ustuvor vazifani aytib oʻtdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin
Siyosat
Havola olish
56620

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashhoboddagi MDH aʼzo-davlatlar rahbarlari sammitida nutq bilan chiqar ekan, 2020 yilda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligidagi raisligi davrida qaysi masalalarga diqqat-eʼtiborini qaratishi toʻgʻrisida soʻzlab berdi.

TOSHKENT, 11 okt - Sputnik. Oʻzbekiston rahbari oʻz chiqishi davomida Oʻzbekiston Respublikasi Hamdoʻstlikning zamonaviy dunyodagi rolini yuqori baholashini va shu bilan birga, MDHning rivojlanishi boʻyicha yangilangan kontseptsiyani tezroq qabul qilinishi tarafdori ekanligini maʼlum qildi.

“Ilgarigi kontseptsiya 10 yil muqaddam qabul qilingan edi. U zamonaviy voqeliklarga javob bermaydi. Biz barcha jabhalarda koʻptomonlama, shu jumladan, MDH doirasida ikkitomonlama asosda oʻzaro munosabatlarning rivojlanishi tarafdorimiz”, - deya taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev.

U Oʻzbekistonning MDHda raisligi davrida rivojlantirmoqchi boʻlgan ustuvor vazifalarni sanab oʻtdi. Bularning qatorida:

- savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash va kuchaytirish, jumladan, transport va logistika masalalarini ishlab chiqish;

- qolgan barcha tuzulmalarning samarali faoliyatini tasavvur qilib boʻlmaydigan yoʻnalish - ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish;

- mintaqaviy xavfsizlik, transchegaraviy taxdidlar – terrorizm, narkotrafik, jinoyatchilik kabilarga qarshi kurash.

“Biz kuni-kecha qoʻshtirnoq ichidagi “demokratik saylovlar”i oʻtgan Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan ham tashvishdamiz. Natijalar qanday boʻladi, u yerdagi, ayniqsa mamlakat shimolidagi vaziyat qanday oʻzgaradi qabilidagi savollar bizni xavotirga soladi, shubhasiz” – dedi Oʻzbekiston prezidenti.

U doʻstona qabul uchun turkman hamkasbi Gurbanguli Berdimuhamedovga oʻz minnatdorchiligini bildirar ekan, Turkmaniston bu yilgi MDH davlat rahbarlari forumiga yuqori marra qoʻyganini va Oʻzbekistonga endilikda bu marraga mos boʻlish oson boʻlmasligini aytib oʻtdi. Umuman olganda, Oʻzbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligidagi raisligi davrida - yil davomida 60 ga yaqin tadbir, xususan, MDH aʼzo-davlatlari viloyatlari birinchi forumi hamda mamlakatlar savdo-sanoat palatalari raislarining majlisi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston tarafidan ilgari surilgan takliflar bilan batafsil quyidagi podkastda tanishish mumkin.

Asosiy mavzular