20:33 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Baku.

Oʻzbekiston prezidenti Bokudagi Turkiy kengash sammitida ishtirok etadi

© Miss Union 2016
Siyosat
Havola olish
171 0 0

Sammitda Turkiy kengashga aʼzo davlatlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasining toʻla huquqli aʼzo sifatida Tashkilotga qoʻshilishi toʻgʻrisida Qoʻshma bayonoti qabul qilinadi.

TOSHKENT, 12 okt – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 14-15 oktyabr kunlari Boku shahrida boʻlib oʻtadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) yettinchi sammitida ishtirok etadi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya, Oʻzbekiston, kuzatuvchi mamlakat sifatida ishtirok etayotgan Vengriya hamda Turkmaniston delegatsiyalari rahbarlari Turkiy kengash doirasidagi koʻp qirrali hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan  masalalarni muhokama qiladilar.

Sammitda Turkiy kengashga aʼzo davlatlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasining toʻla huquqli aʼzo sifatida Tashkilotga qoʻshilishi toʻgʻrisida Qoʻshma bayonoti qabul qilinadi.

Uchrashuv yakunida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi yettinchi sammitining deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Bokuga tashrifi doirasida sammitda ishtirok etadigan delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga tashrif buyurishi haqida xabar qilgan edi.

Asosiy mavzular