06:33 16 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
11 oktyabrya 2019 goda v Posolstve Respubliki Uzbekistan v Rossiyskoy Federatsii v g.Moskve proshla tseremoniya podpisaniya Sovmestnogo kommyunike ob ustanovlenii diplomaticheskix otnosheniy mejdu Respublikoy Uzbekistan i Grenadoy

Oʻzbekiston yana bir davlat bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi

MID Uzbekistana
Siyosat
Havola olish
353 0 0

Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi Botir Asadov va Grenadaning Rossiyadagi elchisi Oleg Firer imzoladi.

TOSHKENT, 12 okt – Sputnik. 11 oktyabr kuni Moskva shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Rossiyadagi elchixonasida Oʻzbekiston Respublikasi va Grenada oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida qoʻshma Kommyunikeni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda TIV xabar qildi.

Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi Botir Asadov va Grenadaning Rossiyadagi elchisi Oleg Firer imzoladi.

Hujjatda Oʻzbekiston Respublikasi va Grenada ikki mamlakat oʻrtasida oʻzaro anglashuv, doʻstlik va hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida, BMT Nizomi tamoyillari va maqsadlari hamda xalqaro huquqqa amal qilgan holda 1961 yil 18 apreldagi Diplomatik munosabatlar toʻgʻrisidagi Vena konventsiyasi, 1963 yil 24 apreldagi Konsullik munosabatlari toʻgʻrisidagi Vena konventsiyasiga muvofiq va MBT Nizomida belgilangan tamoyillar asosida diplomatik munosabatlar oʻrnatishga qaror qilganlari qayd etiladi.

Muloqot chogʻida ikki mamlakat elchilari tomonidan Oʻzbekiston va Grenada oʻrtasida tomonlarni qiziqtirgan sohalarda, jumladan xalqaro tashkilotlar doirasida konstruktiv va oʻzaro manfaatli hamkorlik istiqbollari batafsil muhokama qilindi.

Asosiy mavzular