09:27 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Abdulaziz Kamilov i Mevlyut Chavushoglu

Abdulaziz Kamilov Bokuda Mavlut Chavushoʻgʻlu bilan uchrashdi

© MID Uzbekistana
Siyosat
Havola olish
74 0 0

Oʻzbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari Oʻzbekiston Turkiy kengashning toʻla huquqli aʼzosiga aylanishi munosabati bildan bir-birlarini samimiy tabriklashdi.

TOSHKENT, 14 okt – Sputnik. Turkiy kengashda ishtirok etish uchun Ozarbayjon poytaxtiga yetib kelgan tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 13 oktyabr kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavushoʻgʻlu bilan uchrashdi, TIV xabariga asosan.

Uchrashuvda Oʻzbekiston—Turkiya strategik hamkorligining dolzarb masalalari, uni aniq yoʻnalishlarda rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Muloqot chogʻida koʻp qirrali hamkorlikni ikki tomonlama hamda Turkiy kengash shaklida yanada kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi taʼkidlandi, - deyilgan xabarda.

Vazirlar Oʻzbekiston Turkiy kengashning toʻla huquqli aʼzosiga aylanishi munosabati bildan bir-birlarini samimiy tabriklashdi. Bu tashkilot doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlik salohiyatini keskin oshirishiga ishonch bildirishdi.

Eslatib oʻtamiz, 14-15 oktyabr kunlarida Bokuda Turkiy kengash sammiti boʻlib oʻtadi. Unda Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya, Oʻzbekiston hamda kuzatuvchi mamlakat sifatida ishtirok etayotgan Vengriya va Turkmaniston delegatsiyalari ishtirok etadi.

Asosiy mavzular