14:42 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashdi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Siyosat
Havola olish
242 0 0

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bokuga kelgach, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi.

TOSHKENT, 14 okt – Sputnik. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati. 

Davlat rahbarlari oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qilib, bu borada birinchi galdagi vazifalarni belgilab oldilar. Ilhom Aliyev Shavkat Mirziyoyevni mamlakatimiz Turkiy kengashga qoʻshilgani bilan tabriklab, bu, shubhasiz, ikki tomonlama munosabatlarni va mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashga yangi surʼat bagʻishlashini qayd etdi, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 14 - 15 oktyabr kunlari Bokuda Turkiy tilda soʻzlashuvchi davlatlar hamkorlik kengashi sammiti boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston ushbu tashkilotning toʻlaqonli aʼzoligiga qabul qilinishi rejalashtirilgan. Kengash sammitida Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya, Oʻzbekiston hamda kuzatuvchi mamlakat sifatida ishtirok etayotgan Vengriya va Turkmaniston delegatsiyalari ishtirok etadi.

 

Asosiy mavzular