08:48 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Logotip Rosatom

“Rosatom” Oʻzbekistonga kadrlar tayyorlashda koʻmaklashadi

© Sputnik / Ramil Sitdikov
Siyosat
Havola olish
18001

Oʻzbekiston atom sohasini rivojlantirish strategiyasini qabul qildi. Unda soha mutaxassislarini tayyorlashga alohida eʼtibor qaratilib, asosiy hamkor sifatida Rossiya davlat korporatsiyasi taʼlim muassasalari koʻrsatilgan.

TOSHKENT, 18 okt – Sputnik. Yadroviy energetika dasturlari doirasida mutaxassislarni tayyorlashda Oʻzbekiston “Rosatom”ning taʼlim muassasalarini jalb qilishi maʼlum qilindi.

Mirziyoyev AES uchun mutaxassislar tayyorlash strategiyasini tasdiqladi

Qaror asosida Oʻzbekistonning Yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi. Unga koʻra, respublikaning kadrlarni tayyorlashga davlat buyurtmasi shakllantiriladi.

“Strategiyani amalga oshirish maqsadida Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE), Butunjahon yadroviy assotsiatsiyasi (Buyuk Britaniya) huzuridagi Butunjahon yadroviy universiteti hamda “Rosatom” taʼlim muassasalari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi”, - deyiladi vazirlik bayonotida.

Boʻlgʻusi AESning ekspluatatsiyasida bevosita qatnashuvchilarni toʻrt bosqichda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tayyorlash koʻzda tutilgan: oliy boshqaruvchi personal, ekspluatatsion, yordamchi texnik va maʼmuriy-boshqaruv xodimlar.

Atom tarmogʻining professional tarkibini shakllantirishda bosh oliygoh etib Toshkentdagi Moskva muhandislik-fizika instituti (MIFI) belgilangan. Ushbu institutning ilk xorijiy filiali Toshkentda joriy yil sentyabrda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi yadroviy fizika instituti bazasida oʻz faoliyatini boshladi.

Hozirgi vaqtda bu yerda toʻrtta mutaxassislik boʻyicha 100 ta talaba taʼlim olmoqda. Qolaversa, bir necha oʻzbekistonlik “Rosatom”ning oliygohlarida tahsil olishda davom etmoqda.

Toshkentda yadro fizikasi oliygohi ochilish marosimidan videolavha

Atom elektr stantsiyasini qurish boʻyicha hamkorlik shartnomasi oʻtgan yil kuzda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Oʻzbekistonga tashrifi davomida imzolangan edi. Markaziy Osiyoda ilk AESni 2028 yilda ishga tushirish kutilmoqda. Respublika energetika vaziri Alisher Sultonov aytishiga qaraganda, Oʻzbekistonda qoʻshimcha ikkita har biri 1,2 GVt quvvatga ega energobloklarni loyihalashtirish va qurish yuzasidan qaror ham qabul qilingan.

Asosiy mavzular