Tanzila Norboyeva imperator Naruxito bilan uchrashdi

© SENAT OLIY MAJLISA RESPUBLIKI UZBEKISTANTanzila Narbayeva vstretilas s imperatorom Naruxito i Premyer-ministrom Yaponii Sindzo Abe
Tanzila Narbayeva vstretilas s imperatorom Naruxito i Premyer-ministrom Yaponii Sindzo Abe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanayotgani, ayniqsa, Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi oldidan o‘zaro qiziqish tobora ortib borayotgani ta’kidlandi.

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Yaponiyada rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Senat raisi Tanzila Norboyeva imperator Naruxito bilan uchrashdi.

Senat matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Yaponiyaning yangi imperatori Naruxitoning taxtga o‘tirishi tantanali marosimida Tanzila Norboyeva uni taxtga o‘tirgani bilan tabriklagan. Tomonlar O‘zbekiston-Yaponiya strategik sherikligini yanada mustahkamlash istagini bildirganlar.

Shuningdek, ushbu tadbir doirasida Senat raisining Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan ham uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

© SENAT OLIY MAJLISA RESPUBLIKI UZBEKISTANTanzila Norboyeva Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashdi.
Tanzila Norboyeva imperator Naruxito bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston
Tanzila Norboyeva Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanayotgani, ayniqsa, O‘zbekiston prezidentining Yaponiyaga tashrifi oldidan o‘zaro qiziqish tobora ortib borayotgani ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tanzila Norboyeva Yaponiyaga tashrifi doirasida Yaponiya tashqi ishlar vazirining maxsus yordamchisi Ichiro Kavabata bilan uchrashgani xabar qilingan edi. Kavabata Yaponiyada O‘zbekistondagi keng ko‘lamli va jadal islohotlar diqqat bilan kuzatilotgani va yuqori baholanayotganini ta’kidlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0