07:12 31 Mart 2020
Efir
  • RUB119.99
  • EUR10220.05
  • USD9532.74
Siyosat
Havola olish
115 0 0

Uchrashuvda aloqalarni faollashtirish maqsadida 2020 yilda Toshkent shahrida Oʻzbekiston-Shvetsiya ikkinchi biznes forumini oʻtkazish masalasini koʻrib chiqish boʻyicha kelishuvga erishildi.

TOSHKENT, 28 okt – Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Dilshod Axatov Shvetsiya Qirolligining favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Stokgolm shahrida) Ingrid Tersmann bilan uchrashdi.

“Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda Oʻzbekiston-Shvetsiya munosabatlari istiqbollari muhokama qilindi, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishga oʻzaro qiziqish bildirildi”, - deyiladi TIV xabarida.

Taʼkidlanishicha, muloqotni qoʻllab-quvvatlash maqsadida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini 2020 yilning birinchi choragida Toshkent shahrida oʻtkazish masalasini koʻrib chiqish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, jumladan, oʻzaro tashriflar tashkillashtirish va tajriba almashishning muhimligi qayd etildi.

Sanoatni rivojlantirish, korxonalarni xususiylashtirish boʻyicha va boshqa davlat dasturlari doirasida Shvetsiya investitsiyalari va yuqori texnologiyalarini jalb qilgan holda oʻzaro tovar ayriboshlashni kengaytirish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish mexanizmlarining amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Shvetsiya qiroli Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni olqishladi

Mazkur yoʻnalishda aloqalarni faollashtirish maqsadida 2020 yilda Toshkent shahrida Oʻzbekiston-Shvetsiya ikkinchi biznes forumini oʻtkazish masalasini koʻrib chiqish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Xabarda suhbat chogʻida xalqaro tashkilot va tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilingani qoʻshimcha qilingan.

Asosiy mavzular