09:27 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Fragment Kapitoliya - zdaniye Kongressa SSHA v Vashingtone. Arxivnoye foto

AQSH kongressi Rossiyaning G7 sammitiga qoʻshilishi boʻyicha oʻz fikrini bildirdi

© Sputnik / Igor Mixalev
Siyosat
Havola olish
269 0 0

AQSH kongressi vakillar palatasining tashqi ishlar boʻyicha qoʻmitasi Rossiyaning “Katta yettilik” uchrashuvlarida ishtirok etishiga qarshi qaror qabul qildi.

TOSHKENT, 31 okt - Sputnik. AQSH kongressi vakillar palatasining tashqi ishlar boʻyicha qoʻmitasi  Rossiyaning “Katta yettilik” uchrashuvlarida ishtirok etishiga qarshi qaror qabul qildi. Bu haqda RIA Novosti hujjat mualliflaridan biri boʻlgan kongressmen Albio Sayres soʻzlariga tayangan holda xabar qilmoqda.

Hujjatda yozilishicha, Rossiya “oʻz qoʻshnilari hududiy yaxlitligini hurmat qilib, demokratik jamiyat meʼyorlariga amal qilmagunga qadar” G7᾽ga qoʻshilmasligi kerak.

“Katta yettilik” tarkibiga Germaniya, AQSH, Kanada, Yaponiya, Frantsiya, Buyuk Britaniya va Italiya kiradi.

1998 yil Rossiya ham unga aʼzo boʻlgan edi, biroq 2014 Qrim qaytarilgandan soʻng klub aʼzolari Sochidagi sammitga kelishdan bosh tortishgan. “Katta sakkizlik” yana “Katta yettilik”ka aylangan.

Avvalroq Donald Tramp Vladimir Putinni 2020 yilda AQShda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan G7 sammitiga taklif qilishni vaʼda qilgan edi. Uning fikriga koʻra, koʻplab xalqaro masalalarni Rossiya bilan muhokama qilish kerak.

Keyinchalik Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron “Katta yettilik”ka aʼzo mamlakatlar oxirgi sammit chogʻida Rossiyani klubga taklif qilish masalasi borasida kelishuvga erisha olmaganliklarini maʼlum qilgan edi.

Oʻz navbatida Vladimir Putin Moskva muloqotga tayyorligini bildirgan va “Katta sakkizlik” formatining qayta tiklanishini istisno qilmagan. Biroq bu Rossiyaning koʻzda tutgan maqsadi emas.

Asosiy mavzular