09:12 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Prezident RF V. Putin na sammite SHOS v Kitaye

Shavkat Mirziyoyev SHHTning 4 davlati bosh vazirlarini qabul qildi

© Sputnik / Sergey Guneyev
Siyosat
Havola olish
227 0 0

Shavkat Mirziyoyev kun davomida Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Belarus va Tojikiston bosh vazirlarini qabul qildi.

TOSHKENT, 1 noya – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev kun davomida SHHT sammitida ishtirok etish maqsadida Toshkentga yetib kelgan 4 mamlakati bosh vazirlarini qabul qildi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Oʻzbekiston prezidenti Qozogʻiston bosh vaziri Asqar Mamin bilan uchrashuv chogʻida oʻzaro savdo hajmi ortib, investitsiya, bank-moliya, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalardagi hamkorlik kengayib borayotgani hamda Oʻzbekistonda oʻtayotgan Qozogʻiston yili doirasida hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashganini qayd etdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i premyer-ministr Kazaxstana Askar Mamin
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i premyer-ministr Kazaxstana Askar Mamin

Qirgʻiz Respublikasi bosh vaziri Muhammadqaliy Abilgʻaziyev bilan boʻlgan suhbatda Oʻzbekiston prezidenti respublikalar oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, sanoat, transport, agrosanoat, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi sheriklikni, shuningdek, chegaraoldi hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i premyer-ministr Kыrgыzstana Muxammedkalыy Abыlgaziyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i premyer-ministr Kыrgыzstana Muxammedkalыy Abыlgaziyev

Undan soʻng Shavkat Mirziyoyev Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda bilan uchrashib, Oʻzbekiston bilan Tojikiston oʻrtasidagi doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani, ikki davlat rahbarlarining birgalikdagi saʼy-harakatlari bilan strategik sheriklik darajasiga koʻtarilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, energetika, transport, madaniy-gumanitar sohalar va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni oʻz vaqtida va toʻliq hajmda amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i premyer-ministr Tadjikistana Koxir Rasulzoda

Belarus Respublikasi Bosh vaziri Sergey Rumas bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda Oʻzbekiston prezidenti oʻzaro hamkorlikni kengaytirish va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli kooperatsiya loyihalarini ilgari surishdan, shuningdek, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni mustahkamlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekani qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev prinyal Sergeya Rumasa

Joriy yil avgust oyiga Belarusga amalga oshirilgan oliy darajadagi rasmiy tashrif yakunida erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni keng koʻlamda amalga oshirish muhim ekani taʼkidlandi.

Asosiy mavzular