08:06 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

SHHT hukumat rahbarlarining keyingi yigʻilishi Hindistonda oʻtkaziladi - Aripov

© Sputnik / Aleksandr Astafyev
Siyosat
Havola olish
158 0 0

Toshkentda SHHT hukumat rahbarlarining navbatdagi yigʻilishi boshlandi. Unda Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov SHHT hukumat rahbarlarining keyingi yigʻilishi Hindistonda oʻtkazilishini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. SHHT hukumat rahbarlarining keyingi yigʻilishi Hindistonda oʻtkaziladi, deb xabar qildi RIA Novosti.

“Biz SHHT hukumat rahbarlarining keyingi yigʻilishi Hindistonda oʻtkazilishiga kelishdik, u tashkilotimiz hukumat rahbarlari kengashida ilk bor raislik qiladi”, - dedi Aripov Toshkentdagi SHHT hukumat rahbarlari yigʻilishida.

Oʻzbekiston bosh vaziri hindistonlik hamkorlarni “bu masʼuliyatli missiya” bilan tabrikladi.

SHHT 2001 yilda tashkil etilgan. Dastlab tashkilotga Rossiya, Xitoy, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston kirgan. 2017 yilda SHHTga Hindiston va Pokiston aʼzo boʻldi.

Hozirgi vaqtda SHHTda kuzatuvchi davlatlar: Afgʻoniston, Belarus, Eron va Moʻgʻuliston, hamkor davlatlar - Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka.

Tashkilotning kotibiyati Pekinda, mintaqaviy aksilterrorchilik tuzilma Toshkentda tashkil etilgan.

Asosiy mavzular