09:44 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
506 0 0

Qayta koʻrib chiqish jarayonining yopilishi bilan bogʻliq qarorda respublikada intellektual mulk muhofazasi boʻyicha huquqiy rejimni yaxshilash yoʻlida koʻrilgan choralar hisobga olingan.

TOSHKENT, 11 noya - Sputnik. AQSH prezidenti ijroiya apparati huzuridagi savdo vakilining ofisi (USTR) Oʻzbekistonga nisbatan Preferentsiyalar bosh tizimini (PBT) qoʻllanilishi masalasi koʻrib chiqiladigan eshittirishlar tajribasini toʻxtatayotganini eʼlon qildi, xabar qiladi TIV.

“Tomonlar taqdim etgan asos va dalillar hamda materiallar koʻrib chiqilishi natijasida, AQSH savdo vakilining ofisi Oʻzbekistonga nisbatan bojsiz savdo rejimini qoʻllanilishini saqlab  qolish hamda intellektual mulk masalasi boʻyicha eshittirishlarni toʻxtatish boʻyicha qaror qabul qildi”, - deyiladi xabarda.

USTR sharhlarida qayd etilishicha, qayta koʻrib chiqish jarayonining yopilishi bilan bogʻliq qarorda respublikada intellektual mulk muhofazasi boʻyicha huquqiy rejimni yaxshilash yoʻlida koʻrilgan muhim choralar hisobga olingan. Jumladan, Oʻzbekiston 1971 yilgi Fonogramma ishlab chiqaruvchilari manfaatlarini himoya qilish konventsiyasiga, Butunjahon intellektual mulk tashkilotining mualliflik huquqi va 1996 yilgi ijro etish va fonogrammalar toʻgʻrisidagi shartnomalarga qoʻshildi.

XMT rahbari: Oʻzbekistonning mehnat qonunchiligi xalqaro normalarga intilmoqda

Ofis vakillari qayd etilgan konventsiyalarning davomiy tatbiq etilishi yuzasidan hamda mualliflik huquqlarini himoya qilishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqilishiga umid bildirib qolishdi.

AQSH prezidenti maʼmuriyati vakillari ayni vaqtda muallifilik huquqlarning himoyalanishi masalasiga respublikada eng yuqori darajada eʼtibor qaratilayotganini, intellektual mulk sohasida Markaziy Osiyo boʻyicha Ishchi guruhining tashkil etilishida Oʻzbekistonning qoʻllab-quvvatlab, har tomonlama koʻmaklashayotganini tan olmoqda.

AQSH yirik brendlari oʻzbek tekstilini boykot qilmoqda, Oʻzbekiston vaziyatni oʻnglamoqchi

“Fikrimizcha, respublikada intellektual mulk huquqlarining himoya qilinishida ijobiy oʻzgarishlarning guvohi boʻlmoqdamiz. Bu burilish yasaydigan muhim voqeadir. Ijobiy faoliyat tajribasiga asoslangan holda Oʻzbekiston bilan ishni davom ettirishni xohlaymiz. Oxir-oqibat Oʻzbekistondagi investitsiyaviy iqlimning yaxshilanishiga olib keladigan intilishlarni qoʻllashga istak bildiramiz”, - deya AQSH savdo vakili ofisida taʼkidlab oʻtildi.

Preferentsiyalar bosh tizimi – AQSH hududiga mahsulotlarni bojsiz olib kirilishi rejimi boʻlib, u 1974 yilgi Savdo toʻgʻrisidagi qonun asosida rivojlanayotgan mamlakatlardan importga nisbatan oʻrnatiladi. Oʻzbekistonga PBT benefitsiari maqomi (AQShga mahsulotlarni bojsiz olib kirish huquqi) 1994 yil avgustda berilgan.

Asosiy mavzular