08:54 09 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Pismennыy nabor glavы gosudarstva

Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi

© Sputnik/Viktor Tolochko
Siyosat
Havola olish
307 0 0

Jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasiga va Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasiga boshliq tayinlandi.

TOSHKENT, 17 noya - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

IIV xabariga koʻra, polkovnik Berdialiyev Baxtiyor Erkinovich IIV  Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga, podpolkovnik Qulbekov Oybek Tursinaliyevich Oʻzbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti boshligʻining oʻrinbosari – Jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovlar Oʻzbekiston ichki ishlar vazirining 2019 yil 16 noyabrdagi buyrugʻiga asosan amalga oshirilgan. 

Baxtiyor Berdialiyev shu kunga qadar IIV huzuridagi Tergov departamenti Tergov faoliyatini tashkillashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Oybek Qulbekov bunga qadar Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

Asosiy mavzular