06:46 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Siyosat
Havola olish
645 0 0

Sochida Rossiya va Belarus davlatlari rahbarlarining muzokaralari besh yarim soat davom etdi. Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri ushbu muzokaralar yakunlari haqida soʻzlab berdi.

TOSHKENT, 8 dek — Sputnik. Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko oʻrtasidagi muzokaralar yakunlarini maʼlum qildi.

“Bir qator sohalarda, qishloq xoʻjaligi, aloqa, bojxona va neft bozorini tartibga solishda haqiqatdan ham muhim natijalarga erishishdi, hattoki neft va gaz masalasida ham tomonlarning pozitsiyalari juda jiddiy yaqinlashdi”, - deya Oreshkin soʻzlaridan keltiradi RIA Novosti.

Oreshkinning aytishicha, 9 dekabrdan Moskva va Minsk ushbu muzokaralarda olingan koʻrsatmalarni ekspert darajasida batafsil ishlab chiqishni boshlaydi va yoʻl xaritalarini shakllantiradi.

Shuningdek, Oreshkin Rossiya va Belarus yetakchilarining keyingi uchrashuvi 20 dekabr kuni Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtishi rejalashtirilganini maʼlum qildi.

7 dekabr kuni ikki mamlakat bosh vazirlari Dmitriy Medvedev va Sergey Rumas muzokaralar oʻtkazishdi. Sochida 8 dekabr kuni esa prezidentlar darajasida muzokaralar boʻlib oʻtdi. Vladimir Putin va Belarus  Aleksandr Lukashenkoning yopiq doiradagi uchrashuvi besh yarim soat davom etdi.

Mavzu boʻyicha

Rossiya va Belarus integratsiyasi rejasi qachon tasdiqlanishi maʼlum qilindi
Lukashenko: Rossiyaga hech qachon xiyonat qilmaymiz
Teglar:
Belarus, Rossiya, Putin, Lukashenko

Asosiy mavzular