Lavrov va Tramp nimalarni muhokama qildi: uchrashuv yakuni

© TASS/POOL / Mediabankka o‘tishVizit ministra glavi MID RF S. Lavrova v SShA
Vizit ministra glavi MID RF S. Lavrova v SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh kongressi tomonidan mudofaa budjetiga "Shimoliy oqim - 2", va "Turk oqimi"ga qarshi sanksiyalar kiritilishi qarori haqida gapira turib, Lavrov, bunday choralar bilan loyihaning amalga oshishini to‘xtatib bo‘lmasligiga ishonch bildirgan.

TOShKENT, 11 dek - Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralar o‘zaro tushunish muhitida o‘tdi, tomonlar qator dolzarb muammolarni muhokama qildilar, dedi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Vashingtondagi elchixonada o‘tkazilgan matbuot-anjumanida.

Tramp naznachil Zelenskogo novim prezidentom Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Tramp NATO a’zolarini yiliga 130 mlrd $ ko‘p to‘lashga majbur etgani bilan maqtandi

"Biz AQShdagi ichki vaziyatni tushunamiz, lekin ikkala tomonda ham biz natijalarga erisha oladigan sohalarda ishlashga qiziqish bor", - deb qayd etdi vazir.

Xususan, Rossiya, Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, AQShga strategik hujum qurollarini qisqartirish to‘g‘risidagi (DSNV)shartnomasini uzaytirishning "istalgan variantini" taklif etgan. TIV rahbari shuningdek, Moskva SNV-3 shartnomasini uzaytirishga tayyorligini tasdiqlagan.

Bundan tashqari, Rossiya TIV rahbari AQSh prezidenti bilan AQShning Tehron bilan birga tuzilgan bitimdan chiqishi tufayli Fors qo‘ltig‘ida inqiroz chuqurlashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, hamda Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalar masalasini muhokama qilganligi haqida gapirgan.

AQSh kongressining mudofaa budjetiga "Shimoliy oqim - 2", va "Turk oqimi" ga qarshi sanksiyalarni kiritish qarori haqida gapira turib, Lavrov, bunday choralar bilan loyihalarning amalga oshishini to‘xtatib bo‘lmasligiga ishonch bildirgan.

Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Eron juda katta xato qildi – Tramp

"Kongress hozirda bizning (RF va AQSh - tahr.) munosabatlarimizni yo‘qqa chiqarish orzusi ila yonmoqda. (Sobiq AQSh prezidenti Barak) Obama administratsiyasi tomonidan boshlangan ish davom etmoqda. Lekin biz bu turdagi hujumlarga o‘rganib qolganmiz va ularga qanday munosabatda bo‘lishni bilamiz", - dedi vazir.

Lavrov prezident Vladimir Putin topshirig‘i bilan Trampning G‘alaba kuniga taklif etilganini tasdiqlagan. "Prezident Tramp uni (taklifni - tahr.) ko‘rib chiqmoqda. Umid qilamizki, agar bunday imkoniyat bo‘lsa, to‘liq formatdagi ikki yoqlama muloqotni o‘tkazish mumkin bo‘ladi", - dedi u.

Donald Tramp, o‘z navbatida, o‘zining Twitterida Lavrov bilan uchrashuvni "juda yaxshi", deb baholagan. "Ko‘plab mavzularni muhokama qildik, shu jumladan savdo-sotiq, Eron, Shimoliy Koreya, RSMD Shartnomasi, yadroviy qurollar ustidan nazorat va saylovlarga aralashuv kabi mavzularni. Yaqin kelajakda muloqotimiz davom etishini kutib qolaman", - deb qo‘shimcha qilgan u.

Tramp o peredannix SRU razveddannix RF dlya predotvrasheniya terakta v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
"Yuqori darajadagi" telbalik: Tramp Eron bilan kelishuvni bekor qilib nimaga erishdi

Oq uy bergan xabarlarga ko‘ra, Tramp Lavrov bilan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-sotiq manfaatini ko‘zlagan holda Rossiya bilan munosabatlari yaxshilanishi muhimligini qayd etgan. Amerika yetakchisi "Rossiyaning AQShdagi saylovlarga aralashuvi" mavzusini muhokama qilgan va Rossiya TIVni Qo‘shma Shtatlarning Eron hamda KXDRga nisbatan siyosatini qo‘llab-quvvatlashga chaqirggan va o‘zaro masalalarni hal qilishda Moskva bilan hamkorlikka tayyorligini bildirgan.

Sergey Lavrov Vashingtonga seshanba kuni yetib keldi. Qisqa muddatlarda tayyorgarlik ko‘rilgan tashrif, Rossiya-Amerika munosabatlaridagi navbatdagi ziddiylashuv fonida hamda Donald Trampga nisbatan e’lon qilingan impichment bo‘yicha eshituvlar qizg‘in tus olgan bir pallada kechmoqda. AQSh prezidenti bilan muzokaralar oldidan u AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Yangiliklar lentasi
0