03:55 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
392 0 0

Moliyaviy oqimlar va narx siyosatini muvofiqlashtirish, Metodologiya va litsenziyalash, Elektr tarmoqlarini rivojlantirish boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlangan.

TOSHKENT, 16 dek — Sputnik. Oʻzbekiston Energetika vazirligi tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga koʻra, 3 boshqarma boshligʻi oʻzgargan.

Azamat Akmalovich Abdurahmonov  Energetika vazirligining Moliyaviy oqimlar va narx siyosatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

U bunga qadar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Elektr energiyasini sotishni hisobga olish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Ilhom Anvarovich Nimatullayev Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Metodologiya va litsenziyalash boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

Nimatullayev bunga qadar Energetika vazirligining Elektr tarmoqlarini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Abdumalik Abdusalimovich Nazirov  vazirlikning Elektr tarmoqlarini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

Teglar:
Energetika vazirligi, yangi tayinlov

Asosiy mavzular