01:16 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekistonda parlament saylovlari – 2019 (82)
1518 0 0

Markaziy saylov komissiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, tegishli viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar mahalliy Kengashlarining Senat aʼzolari saylovi natijalarini eʼlon qildi.

TOSHKENT, 17 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasi parlamentning yuqori palatasi - Senatga oʻtkazilgan saylovlar natijalarini eʼlon qildi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Taʼkidlanishicha, 16-17 yanvar kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 78-moddasiga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, tegishli viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar mahalliy Kengashlarining Senat aʼzolari saylovi boʻyicha qoʻshma majlislari oʻtkazildi.

Saylov natijalariga koʻra, 100 nafar senatordan 84 nafari (16 nafari prezident tomonidan tayinlanadi) - har bir hududdan 6 nafardan saylandi. 

Itogi golosovaniya v Senat - natsionalnыy, partiynыy i gendernыy sostav
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Itogi golosovaniya v Senat - natsionalnыy, partiynыy i gendernыy sostav

Senatorlarning toʻliq roʻyxati Adliya vazirligi xabariga keltirilgan.

Itogi vыborov v Senat po professionalnomu sostavu
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Itogi vыborov v Senat po professionalnomu sostavu

Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiq, Senatning 16 nafar aʼzosi fan, sanʼat, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan hamda alohida xizmat koʻrsatgan eng obroʻli fuqarolar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.

Mavzu:
Oʻzbekistonda parlament saylovlari – 2019 (82)

Asosiy mavzular